O‘zbekiston | 14:07 / 13.01.2023
3447
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kurerlik xizmatlari boshqa xizmatlarga nisbatan ko‘proq qimmatlashdi

2022 yilda O‘zbekistonda kurerlik xizmatlari narxi 43,3 foizga qimmatlashdi.

Foto: Dreamstime

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ksero-nusxa ko‘chirish 31,4 foizga ko‘tarilgan.

Bundan tashqari, erkaklar uchun sartaroshlik (+29,5 foiz), bir yo‘nalishdagi taksi (+25,5 foiz) va uy-joy ijarasi (+24,6 foiz) xizmatlari ko‘rsatish ham yetakchi to‘rtlik ro‘yxatidan joy oldi.

2022 yilning dekabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2 foizga oshgandi. 

2022 yil davomida iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sish darajasi 12,3 foizga yetdi. 

2022 yilning dekabr oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,7 foizga oshdi.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,8 foizga va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish 1,1 foizga oshdi.

Mavzuga oid