Özbekiston elektron tijorat bozorining bu yilgi hajmi 260 mln AQŞ dollaridan yuqori bölişi kutilmoqda. Bu esa öz navbatida, körsatkiçlar ötgan yilgidan ança yuqoriligini bildiradi. Mutaxassislar esa uç yildan söng e-commerce bozori uç karra oşişini ta’kidlaşmoqda. Tölov tizimining keng tarqalişi bilan birga elektron tijorat ham rivojlanib bormoqda. Mijozlar uçun bu – qulaylik va vaqtni unumli tejaş bölsa, biznes uçun rivojlaniş yölida yangi imkoniyatlar demakdir. Freedom Pay’ning B2B tölov xizmati biznesni oddiy yeçimlar bilan keng miqyosda tarqalişiga yordam beruvçi ekotizimni şakllantiradi. Xizmatning Özbekistondagi faoliyati haqida kompaniya boş direktori Umida Ziyamova bilan suhbatlaşdik.
Bilamizki, Freedom Pay xalqaro Freedom Holding Corp. kompaniyasi ekotizimining bir qismidir. Bu sizning iş faoliyatingiz hamda mijozlar bilan işlaşingizga öz ta’sirini ötkazadimi?
– Freedom Holding Corp. – bu bank, vositaçilik, suğurta va bir qator boşqa bizneslarni öz içiga oluvçi xalqaro holding. Biz hamkorlikda mahsulotlarni yaratişdan taşqari, brendni kuçaytiriş hamda eng yaxşi amaliyot va tajribalarimizni bölişiş uçun holdingning boşqa şirkatlari bilan uzviy aloqada bölib turamiz. Freedom Pay Qozoğistonning peşqadam onlayn-tölov tizimlaridan biri bölib, Qirğiziston va Özbekistonda ham jadal rivojlanib kelmoqda.
Dunyo miqyosidagi kompaniya sifatida texnik imkoniyatlarimiz, hamda rivojlangan xalqaro tajribamiz bizni ançayin epçil va raqobatbardoş böla olişimizga yordam beradi. Ta’kidlaşim kerakki, mamlakatimizda yangi loyihalarni amalga oşiriş uçun hamkasblarimiz, xususan, IT-dasturçilarni jalb qilamiz. Jamoamizning professional salohiyatiga tayangan holda biz biznesimizni jadal rivojlantiramiz.
Sözsiz uşbu muhim omillar bizga bölgan işonçning ortib borişiga öz ta’sirini körsatadi. Kompaniyaning ahamiyatli tomonlaridan biri bu — yaxlit holga keltirilgan tuzilma va geografik diversifikatsiyasidir. Buning natijasida taşqi omillarga bölgan tobelik kamayadi. Misol uçun, Qozoğiston yoki Qirğizistondagi mijozlarimiz Özbekiston bozoriga kirib kelişni niyat qilişsa, heç ikkilanmay, Freedom Pay’ni tanlaşadi. Çunki bizda nafaqat özaro işonç, balki xalqaro kompaniyalar amal qiladigan yuqori standartlar ham mavjud. Biz şu yöl bilan Wildberries, Dodo Pizza, Atomy kabi bir qator maşhur kompaniyalar bilan iş olib boramiz. Turli tölov kartalari böyiça xizmat körsatişimiz tufayli ularning işini osonlaştirişda kömaklaşamiz.
Freedom Pay’ning afzalliklari nimada?
– Freedom Payְ’ning raqobatçilaridan ustunligi şundaki, u yuqori talabga ega bölgan xalqaro kartalardan tölov qabul qilinişini ta’minlaydi. Bu yöl bilan biznes öz faoliyat doirasini kengaytiriş bilan birga, butun dunyodan buyurtma qabul qila oladi. Bundan taşqari, biz e’tiboringizga multiekvayring havola qilamiz. Hamkorlarimiz ekvayyer-banklar Özbekistondagi eng yirik va işonçlilardan hisoblanadi. Biz mijozni yöqotmaslik qançalik muhim ekanini tuşunamiz. Bu biznesning rivojlanişi, örtaça hisob va konversiyani oşirişning kafolatidir.












