Özbekistonda temir yöl, havo, avtobus va şahar jamoat transporti xizmatlarini birlaştiruvçi «Bir yöl» yagona milliy raqamli transport platformasini işga tuşiriş rejalaştirilmoqda.
Bu haqda Transport vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qaror loyihasida söz boradi.
Platformani 2028-yil 1-yanvardan joriy etiş taklif qilinmoqda.
Uşbu tizim orqali yölovçilar poyezd, samolyot, avtobus va şahar jamoat transportining harakat jadvali, yönalişlari, çipta narxlari hamda mavjud böş örinlar haqida maʼlumot olişlari mumkin böladi.
Şuningdek, bir neçta transport turidan foydalanib safar qilişni yagona buyurtma va tölov asosida taşkil etiş imkoniyati yaratiladi.
Dastlabki sinov tariqasida 2027-yil 1-iyuldan «Toşkent aeroporti - Urganç aeroporti - Xiva temiryöl vokzali» yönalişida yagona çipta tizimini joriy etiş çoralari körilişi belgilanmoqda.
Bundan taşqari, poyezdlar, samolyotlar va avtobuslarning harakat jadvallarini sunʼiy intellekt yordamida özaro muvofiqlaştiriş nazarda tutilmoqda. Bunda avtobuslarning harakat vaqti poyezdlar va aviaqatnovlar jadvaliga muvofiqlaştiriladi.
Qaror loyihasi 11-noyabrgaça jamoatçilik muhokamasida böladi.













