Ish haqi oyiga bir marta to‘lanadigan xodimlar ayrim toifalari belgilanadi

Foto: Kun.uz
"Ish haqini natura shaklida to‘lashni tartibga solish va ish haqi oyiga bir marta to‘lanadigan xodimlarning ayrim toifalarini belgilash to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlanadi, bundan quyidagi hollar mustasno:
- qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari;
- uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash uchun.
Ish haqini natura shaklida to‘lash mehnat shartnomada ko‘rsatiladi va xodimning oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimlarida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 30 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Natura shaklida to‘langan ish haqi mehnatga haq to‘lash tizimiga kiradi.
Natura ko‘rinishidagi ish haqi pul ko‘rinishidagi ish haqi qiymatiga teng bo‘lishi hamda xodim shaxsiy iste’moli va uning oilasi uchun mos va foydali bo‘lishi inobatga olinadi.
Natura shaklida haq to‘lashda ish beruvchi tomonidan suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilar ta’qiqlanadi:
- qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan tovar narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lishi;
- uy ishchisining ish beruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan tovar haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda taqdim etilishi.
Xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas.
Quyidagi xodimlar toifalariga ish haqi ularning yozma arizasiga muvofiq oyiga bir marta to‘lanishi mumkin: pensiya to‘lanayotgan xodimlarga; vaxta usulida ishlayotgan xodimlarga; moslashuvchan ish vaqti rejimida ishlayotgan xodimlarga; O‘zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan chet el yuridik shaxslarining chet el fuqarosi bo‘lgan xodimlariga (ushbu davlatning qonunchiligida nazarda tutilgan bo‘lsa).
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
O‘zbekiston | 09:55
-
Mers: Yevropa Trampni Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi haqida xabardor qildi
Jahon | 09:02
-
Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi 1,6 mlrd so‘mlik elektrni talon-taroj qildi
Jamiyat | 08:35
-
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
Jahon | 08:24
Mavzuga oid

00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

11:36 / 12.04.2025
Talabalarni ishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi

13:52 / 08.04.2025