Buxoro şahrida «Buxoro turizm markazi»ni quriş uçun «boşqa maqbul yer maydonlari tanlanadi. Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, bu haqdagi qaror «keng jamoatçilik fikrini inobatga olib» qabul qilingan.

Hozirda uşbu loyiha dastlabki bosqiçda tayyorlanmoqda va puxta işlab çiqilgaç, tegişli tartibda barça kelişuvlardan ötkaziladi.

«Şuningdek, YuNeSKO umumjahon markazining tegişli xulosasi olingan holda yakuniy qaror qabul qilinadi va şundan söng quriliş işlari boşlanadi», deyiladi xabarda.

Davletovuz Telegram-kanali öz manbalariga tayanib yozişiça, «Şavkat Mirziyoyev jamoatçilikning e’tiroziga sabab bölgan Buxoro şahrida qurilişi rejalaştirilgan turistik markaz qurişni töxtatişga topşiriq bergan».

13 yanvar kuni buxoroliklar markaz qurilişidan norozi bölib, prezidentga murojaat yöllagandi. Murojaatda aholi Buxoro şahri qoq markazida 2023 yilda turizm markazi qurilişi doirasida şaharning Ibrohim Möminov va Mustaqillik köçalari öqi atrofidagi barça bino va inşootlar, jumladan, katta sport majmuasi ham buzilişidan norozilik bildirgan.

Kun.uz ma’lumotiga köra, turistik markaz qurilişi uçun tanlangan dastlabki yer maydoni Buxoroning tarixiy markazining bufer hududida joylaşgan, şu bois YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi uşbu loyihani qöllab-quvvatlamagan. Madaniy meros agentligining hukumatga eslatişiça, uşbu sohadagi har qanday loyiha agentlik va YuNeSKO bilan kelişilişi kerak.