Hukumatning dastlabki rejalariga köra, Buxoro şahri markazidagi 29 ta obekt buzilib, 32,6 gektar hududda turistik majmua qurilişi kerak edi. Buxoroliklar bundan noroziligini bildirdi, OAV va jamoatçilik muammoga e’tibor qaratdi.
14 yanvar kuni quriliş vaziri Botir Zokirov va viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoroda matbuot anjumani ötkazdi. Kun.uz muxbiri anjumanda iştirok etib, mas’ullar va aholi tomonidan bildirilgan fikrlarni, muhim savollarga javoblarni jamladi.
Dastavval Buxoro viloyati hokimi markazdagi «snos» masalasiga izoh berdi, rejaga köra buziladigan obektlarning 11 tasi tadbirkorlarning mulki hisoblanişini aytdi.
«Bu yerda 11 ta obekt xususiy tadbirkorlarning binolari davlat manfaatlari uçun olinadi, rozi bölsa. Agar rozi bölmasa biz taklif beramiz. Qanaqadir oldingi obektlarga öxşab oddiy fuqarolarga zarar yetmaydi. Hokimiyatçi dersiz, menga bunça katta hokimiyat kerak. Bunaqa joylarni köpaytirsak, turist köpayadi», – dedi u.
Şundan keyin quriliş vaziri Botir Zokirov Buxoroning tarixiy markazi içida supermarket va maşinalar turargohlari qurib bölmasligi, şuning uçun bunday joylarni Buxoroning yangi turistik markazida quriş kerakligini aytdi.
Vazir YuNeSKO bilan kelişmasdan bitta ham «mix qoqilmasligi»ni aytdi. Uning ta’kidlaşiça, loyiha taklifi işlab çiqilib, fevral oyida aholi muhokamasiga çiqariladi.
Avvalroq Kun.uz saytida YuNeSKO Buxoro turizm markazini quriş uçun tanlangan joy Buxoro tarixiy markazining bufer zonasida joylaşgani, şu sababli loyihani qöllab-quvvatlamagani haqida yozilgan edi.
Taşkilotning Özbekistondagi vakolatxonasi direktori Sara Noşadi bu loyihani Buxoro tarixiy markazining muhofaza zonasidan 1,8 km uzoqlikdagi, «Gulçorboğ» MFY Qalqon köçasi yoqasidagi yer maydonida quriş maqsadga muvofiqligini taklif qilgan.











