Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Singapur Respublikasi prezidenti Halima Yoqubning taklifiga binoan 16-18 yanvar kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi.

Taşrif dasturiga muvofiq Singapur prezidenti Halima Yoqub va mamlakat boş vaziri Li Syan Lun bilan oliy darajada uçraşuv va muzokaralar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Kun tartibidan köp qirrali Özbekiston-Singapur munosabatlarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari örin olgan.

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida, şuningdek, davlat boşqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlaş borasidagi amaliy hamkorlikni çuqurlaştirişga alohida e’tibor qaratiladi. Uşbu yönalişlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami muzokaralar yakunida imzolaş uçun tayyorlanmoqda.

Bundan taşqari, prezident Singapurning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazadi. Taşrif arafasida ikki mamlakat işbilarmon doiralarining biznes forumi bölib ötadi.