15 yanvar, yakşanba kuni ön minglab tibbiyot xodimlari avtonom hamjamiyat hukumati soğliqni saqlaş tizimini yöq qilganiga norozilik bildiriş uçun Madrid köçalariga çiqdi. Oq xalat kiygan namoyişçilar barabanlar çalib, şiorlar bilan şaharning markaziy köçalari böylab yurişdi.
Mintaqaviy hukumat hisob-kitoblariga köra, Ispaniya poytaxtida «Oq tölqin» nomini olgan norozilik yurişida 30 mingga yaqin odam qatnaşgan. Aksiya taşkilotçilarining fikriça, Madrid mamlakatning eng boy mintaqalaridan biri, ammo birlamçi tibbiy yordamga Ispaniyada aholi jon boşiga eng kam mablağ sarflaydi.
Sönggi yillarda, ayniqsa 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi boşlanganidan beri, konservativ Xalq partiyasi vakili Izabel Dias Ayuso boşçiligidagi Madrid hukumati kasalxonalar va birlamçi tibbiy yordam markazlarida xodimlarning kam ta’minlanganligi uçun tanqid ostiga olindi. Ayuso xodimlar yetişmasligini rad etyapti hamda 2023 yilgi munitsipal va mintaqaviy saylovlar oldidan söl qanot partiyalar tomonidan norozilik namoyişlari va iş taşlaşlar uyuştirilayotganini da’vo qilyapti.
2022 yil noyabr oyida ön minglab odamlar mehnat şaroitlarini yaxşilaş talabi bilan tibbiyot xodimlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida Madrid markazi böylab yuriş qilgandi.

















