Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatçisi bilan tuziladigan mehnat şartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlaş töğrisida”gi buyruği qabul qilindi.

Norma'ning yozişiça, hujjatga muvofiq:

  • davlat xizmatçisi bilan tuziladigan mehnat şartnomasida aks ettiriladigan 21 ta majburiy (davlat xizmati xususiyati, davlat xizmati bilan boğliq çeklovlar, iş rejimi xususiyatlari va boşqalar) va 9 ta qöşimça (sinov muddati, ma’lumotlarni oşkor etmaslik talabi) şartlar röyxati tasdiqlanmoqda;
  • davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan şaxs bilan mehnat şartnomasi 3 yildan ortiq bölmagan yoki nomuayyan muddatga yozma şaklda tuziladi;
  • davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvçi davlat fuqarolik xizmatçilari bilan mehnat şartnomasi tuzilmaydi.

Mehnat şartnomasining mazmuniga:

  • davlat fuqarolik xizmatçisining holatini davlat fuqarolik xizmati va mehnat töğrisidagi qonunçilikka nisbatan yomonlaştiradigan;
  • kamsitişni taqiqlaş töğrisidagi talablarni buzadigan;
  • majburiy mehnatni taqiqlaş haqidagi talablarni buzadigan;
  • davlat fuqarolik xizmatçisini qonunga xilof harakatlarni yoki ham davlat fuqarolik xizmatçisining, ham boşqa şaxslarning huquqlarini buzadigan harakatlarni amalga oşirişga majburlaydigan şartlar kiritilgan bölsa, ular haqiqiy bölmaydi.