Germaniya mudofaa vaziri Kristine Lambrext öz faoliyati tanqid ostida qolganidan keyin iste’foga çiqdi. Uning iste’fosini Germaniya kansleri Olaf Şols qabul qildi.
Lambrext qarorini öz faoliyatiga OAV tomonidan juda yuqori e’tibor qaratilayotgani, bu esa «askarlar, Bundesver [armiya] va xavfsizlik siyosati holatini muhokama etişga» tösqinlik qilayotgani bilan izohladi.
Bild naşrining ta’kidlaşiça, Lambrextning işdan ketişiga «misli körilmagan muvaffaqiyatsizliklar ketma-ketligi» sabab bölgan.
Masalan, mudofaa vaziri sifatida olti oy işlaganidan keyin ham u barça harbiy unvonlarni eslab qolmaganini tan olgan intervyusi uçun tanqid qilindi.
Şuningdek, uning yangi yil murojaati ham janjalga sabab böldi: Lambrext Ukraina hududidagi jangovar harakatlar tufayli «köplab taassurotlar» olganini va «köplab qiziqarli va ajoyib odamlar» bilan uçraşganini aytgan edi.
Lambrext 2022 yil dekabr oyida mudofaa vaziri bölgunga qadar Angela Merkelning sönggi kabinetida adliya vaziri bölgan va 2021 yilda oila, ayollar va yoşlar masalalari böyiça vazir lavozimida ham işlagan.












