O‘zbekiston | 12:15 / 17.01.2023
5627
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti maxsus vakili va Rossiya elchisi Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili va Rossiya elchisi Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni muhokama qildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bugun Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi voqealar rivoji, shuningdek, ushbu mamlakatdagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan turli tashabbus va platformalar doirasida bo‘lajak xalqaro tadbirlar yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid