Qozog‘iston xorijliklarning vizasiz bo‘lish qoidalarini kuchaytirdi
Endi chet elliklar mamlakatni tark etib, yana qaytib kirish orqali mamlakatda qonuniy qolish muddatini cheksiz uzaytira olmaydi.
Qozog‘iston hukumati mamlakatga vizasiz kirish va qolish qoidalarini o‘zgartirdi. Hukumatning tegishli qarori Normativ-huquqiy hujjatlar bankida e’lon qilindi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, xorijliklarning Qozog‘istonda vizasiz bo‘lish muddati quyidagi hollarda tugaydi:
30 kundan keyin – chegara kesib o‘tilgan vaqtdan boshlab, ammo 180 kunlik davr ichida umumiy 90 kundan oshmagan holda;
90 kundan keyin – chegara kesib o‘tilgan vaqtdan boshlab, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlar (Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston) fuqarolari uchun, ammo 180 kunlik davr ichida umumiy 90 kundan oshmagan holda.
Qayd etilishicha, endi chet elliklar mamlakatni tark etib, yana qaytib kirish orqali mamlakatda qonuniy qolish muddatini cheksiz uzaytira olmaydi. Ushbu usuldan Rossiya fuqarolari keng miqyosda foydalanib kelayotgan edi.
Yangi qoidalar Qozog‘istonga viza bilan kelgan yoki vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ular uchun mamlakatda qolish muddati faqat ushbu hujjatlarning amal qilish muddati bilan cheklanadi.
Yangi qoidalar 2023 yil 26 yanvardan kuchga kiradi.
Qozog‘iston Rossiya Federatsiyasida safarbarlik boshlanganidan keyin ruslar uchun asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi. Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, safarbarlikning birinchi haftasining o‘zidayoq mamlakatga yuz mingdan sal kamroq rossiyalik kirib kelgan. 2022 yilda Qozog‘istonga jami 2,9 million Rossiya fuqarosi kelgan. Ulardan qanchasi mamlakatda qolishga qaror qilgani noma’lum.
Mavzuga oid
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
13:46 / 16.11.2024