Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda barcha ta’lim muassasalarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi
Surxondaryo viloyatidagi barcha ta’lim muassasalarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy haftada ham ob-havoda pasayish kuzatilayotgani, shuningdek, ota-onalarning talab va istaklarini inobatga olib, viloyatdagi maktabgacha, maktab va professional ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirilgan.
«Avvalroq, sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotganidan kelib chiqib, Surxondaryo viloyatidagi mavjud barcha darajadagi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlari 18 yanvardan boshlanishi belgilangan edi. Biroq joriy haftada ham ob-havoda pasayish kuzatilayotgani, shuningdek, ota-onalarning talab va istaklarini inobatga olib, viloyatdagi maktabgacha, maktab va professional ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, o‘quv mashg‘ulotlari 23 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
Avvalroq Buxoro, Andijon, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi mavjud barcha ta’lim muassasalarida darslar 18 yanvarda emas, 23 yanvarda boshlanishi ma’lum qilingandi.
Hozircha qolgan hudud hokimliklari ta’til muddatlari uzaytirilishi haqida rasmiy munosabat bilan chiqishganicha yo‘q.
Mavzuga oid
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
11:45 / 17.06.2026
Soliq oliy maktabida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari ochiladi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
22:49 / 30.05.2026