Bu qarorni u Germaniyada ishlab chiqarilgan jangovar tanklar Ukrainaga yetkazilishiga ruxsat berish bo‘yicha Berlinga bo‘layotgan bosimlar o‘sishi va Kiyevga qurol yetkazishni muvofiqlashtiruvchi Ukraina mudofaasi masalalari bo‘yicha Kontakt guruhining juma kungi uchrashuvi arafasida qabul qildi.
Nemis matbuotida tarqalgan iste’fo to‘g‘risidagi bayonotda 57 yoshli Lambrext shunday degan: «OAVning ko‘p oylar davomida menga bo‘lgan e’tibori menga faktlarni yoritishga va askarlar, armiya va xavfsizlik siyosatini Germaniya manfaatlarini ko‘zlab muhokama qilishga imkon bermaydi».
Xatoliklar va muvaffaqiyatsizliklar
2022 yil yanvarida, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanishidan oldinroq, nemis matbuoti Lambrextni kulgi ostiga olgandi, o‘shanda mudofaa vaziri Germaniya Ukrainaga 5000 ta kaska jo‘natgani haqida xabar bergandi - bu vaqtda esa Kiyev rossiyaliklarning ehtimoliy hujumini qaytarish uchun og‘ir qurollar so‘rayotgandi.
May oyida nashrlar uning ta’tilini ham ko‘zdan qochirmadi - o‘shanda u o‘g‘li bilan hukumat vertolyotida ta’tilga jo‘nab ketgandi. Nemis nashrlari bunday qaror to‘g‘ri bo‘lganini shubha ostiga olgan, Bild gazetasi esa Ukrainadagi inqiroz chog‘ida ta’tilga chiqish qanchalik zarurat ekani haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri savol qo‘ygandi.
Mudofaa vaziri sifatida olti oy ishlaganidan keyin ham u barcha harbiy unvonlarni eslab qolmaganini tan olgan intervyusi uchun tanqid qilindi.
Yanvar oyi boshida Lambrext ijtimoiy tarmoqda joylashtirgan video ham bahslarga sabab bo‘ldi, videoda u yil «Ukrainaning bo‘lajak markazida davom etayotgan urush» bilan yakunlangani haqida fikr yuritadi. Videoda Berlindagi bayram mushakbozligi fonida Lambreht Ukrainadagi urush «ko‘plab o‘zgacha taassurotlar» olib kelgani va unga «ajoyib va qiziqarli insonlar bilan» uchrashish imkoniyatini berganini aytadi.
Shundan so‘ng nashrlar ochiqchasiga u tez orada iste’foga chiqishi va u mudofaa vaziri majburiyatlarini bajarishga qodir emasligini yoza boshladi.
Matbuot shuningdek Lambrext Germaniya qurolli kuchlarining qurol-yarog‘ bilan ta’minlanishini yaxshilay olmagani haqida eslatadi, so‘nggi yillarda armiya holati mamlakatning o‘zida ham, NATO bo‘yicha ittifoqchilar tomonidan ham tez-tez tanqidga uchraydi.


















