Sönggi 50 yilda butun dunyoda tuğilişlar soni keskin kamaydi. 1952 yilda dunyo böyiça oilalarda örtaça 5 nafar bola bölgan bölsa, hozir 3 nafardan köp emas. Bu esa rivojlangan davlatlar aholisi soni ösişiga ham ta’sir qilmoqda.
Aholi ösişini örganişda 2 ta asosiy tuşunça alohida tahlil qilinadi:
- Tuğilişlar soni — har ming kişiga nisbatan bir yilda qança odam tuğilişi;
- Tuğişlar soni — har ming nafar tuğiş yoşdagi ayollar soniga nisbatan yiliga qança farzand tuğilişi.
Aynan mana şu ikkinçi körsatkiç 2,1 nisbatda bölsa, ya’ni har ming ayolga yiliga 2,1 nafar bola tuğilişi töğri kelsa aholining ösişi muvozanatda böladi. Biroq bu körsatkiç global miqyosda yildan yilga pasayib bormoqda.
1952 yilda bir oila örtaça 5 farzandli bölgan, 2020 yilga kelib esa bir oilaga 2,4 nafar farzand töğri kelyapti.
Nega ayollar kamroq farzandli bölyapti?
Weforum naşri tahliliga köra, buning 3 ta asosiy sababi bor:
- Ayollarning ta’lim va mehnat bozorida kuçayişi, örin topişi;
- Bolalar ölimining kamayişi;
- Farzand östiriş xarajatlarining ortişi.
Köproq ta’lim — kamroq farzand
Olib borilgan tadqiqotlarga köra, ayollarning köproq ta’lim olişi ularning kamroq farzandli bölişlariga sabab böladi. Masalan, Eronda 1950-yillarda ayollar örtaça 3 yillik ta’lim körişgan va 7 nafar farzand östirişgan. Biroq 2010 yilga kelib Eronda ayollar örtaça 9 yillik ta’lim bilan qamrab olingan va ularga yiliga örtaça 1,8 nafardan farzand töğri kelgan.
Bu farazni yanayam yaxşiroq dalillaş uçun xotin-qizlar ta’limi orqaroqda bölgan davlatlarni örganib köriş mumkin. 2010 yilda Nigeriyada ayollarning örtaça ta’lim bilan qamrovi 1,3 yil bölib, örtaça 7 nafardan farzandli bölişgan. Bu öşa paytdagi örtaça xalqaro körsatkiçdan 2 baravar yuqori edi.
Bundan taşqari, ayollarning mehnat bozorida yaxşi örinlarni egallay boşlagani ham ularning köp bolali bölişga rağbatini susaytirgan bölişi mumkin













