Soğliqni saqlaş vazirligi tibbiyot tarixida ilk bor özbek şifokorlari tomonidan siam egizaklari öta noyob operatsiya natijasida ajratib olingani haqida xabar berdi.

«Respublika perinatal markazi qoşidagi Neonatal xirurgiya öquv-davolaş-metodik markazi yangi tuğilgan çaqaloqlarda murakkab amaliyotlar ötkaziş borasida noyob muassasadir.

Buni qöşni davlatlardan kelayotgan bemorlar oqimidan ham biliş mumkin.

Özbekistonlik yaqinlaridan uşbu şifoxona haqida eşitgan qirğizistonlik egizaklarning ota-onasi bu yerga ötgan yil iyun oyida murojaat qilgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 31 mayda dunyoga kelgan çaqaloqlar siam egizaklari bölib, ulardagi bu noodatiy holat homila 28 haftaligida aniqlangan va bölajak ona Öş şahridan Bişkek şahriga yuborilgan. 29-haftada tuğuruq jarayoni «kesarça» usulida amalga oşirilgan. Dunyoga kelganida umumiy vazni 1 600 gramm bölgan çaqaloqlarga Fotima va Zuhra deb ism qöyişgan.

Qanday holatlarda siam egizaklari dunyoga kelişi mumkin?

Siam egizaklari tanasining ma’lum bir qismi birlaşgan holda tuğiladi. Ularning içki organlari ham birlaşgan bölişi mumkin. Tanasi tutaş çaqaloqlarni vaqti kelib jarrohlik yöli bilan ajratiş mumkin, biroq umumiy içki a’zolarga ega egizaklarni tanasidan ajratiş deyarli imkonsiz.

Odatda, siam egizaklari 200 ming holatda bir marta uçraşi mumkin. Ma’lumotlarga köra, ularning aksariyati ölik holatda dunyoga keladi. Tirik tuğilganlarining 5 foizdan 25 foizgaça bölgan qismi uzoq umr köriş baxtidan benasib böladi.

Jajji Fotima va Zuhra tanasining qorin qismi, aniqroği, jigari bilan birlaşgan edi. Bitta içki a’zolarga ega egizaklarni ajratiş esa öta murakkab va xavfli operatsiya edi. Ular yaqin qarindoşlar örtasidagi nikoh, ya’ni opa-singillarning farzandlaridan dunyoga kelgan.

Tuğuruqdan 10 kun ötgaç, ota-onaga bolalarning yaşab qoliş imkoni umuman yöqligi aytilib, uyiga ruxsat berilgan. Ammo farzandlarining yaşab ketişidan umid uzmagan ota-ona oradan bir oy ötgaç, Özbekistondagi