Yangi Zelandiya boş vaziri Jasinda Ardern 19 yanvar, payşanba kuni iste’foga çiqişini e’lon qildi. Siyosatçining sözlariga köra, uning endi mamlakatni boşqarişga kuçi yöq. Ardern öz lavozimini fevral boşidan keçiktirmay tark etişni rejalaştirmoqda.
Jasinda Ardern matbuot anjumanida boş vazir sifatidagi olti yil u uçun oğir vaqt bölganini tan oldi. Endi u öz lavozimida qolişi va yangi saylovda iştirok etiş imkoniyatini körmayapti. «Men siyosatçilar ham odam ekanligini bilaman. Biz qölimizdan kelgança hamma narsani qilamiz. Keyin esa vaqti keladi. Men uçun bu vaqt keldi», dedi Ardern.
Jasinda Ardernning boş vazirligi davrida Yangi Zelandiya Kraystçerçdagi teraktlar, zilzilalar, siyosiy va iqtisodiy inqirozlar hamda koronavirus pandemiyasiga bardoş berdi. Ardernning aytişiça, işi unga qiyin bölgani uçun emas, balki «bu lavozimda endi boşqalar yaxşiroq iş qila olişi» uçun ketmoqda. 42 yoşli siyosatçi tört yoşli qiziga vaqt ajratişni va uzoq yillik sevgilisi Klark Geyfordga turmuşga çiqişni rejalaştirayotganini aytdi.
Jasinda Ardernning ketişi haqidagi e’lon Yangi Zelandiya aholisi uçun kutilmagan böldi. Sörovlarga köra, köpçilik saylovçilar uni hukumat rahbari lavozimida körişni ma’qul köradi, garçi Ardernning bu lavozimga qayta saylangan 2020 yilga nisbatan maşhurligi pasaygan. Yangi Zelandiyadagi hukmron Leyboristlar partiyasi 22 yanvar kuni yangi yetakçini saylaydi, u 14 oktyabrda bölib ötadigan navbatdagi umumiy saylovga qadar boş vazir lavozimini egallaydi.

















