«Belarus intellektualnaya» körgazmasi doirasida «Gorizont» kompaniyasi boş direktori Yuriy Predko mamlakat prezidenti Aleksandr Lukaşenkoga şaffof matritsali mahalliy televizorni namoyiş qildi. Bu haqda BelTA naşriga tayanib Gazeta.ru xabar berdi.
Predko yangi televizorni «indingi kun» texnikasi deb atadi va tez orada ommaviy işlab çiqarilişiga işora qildi.
«Bu televizorlar, ehtimol, ön yillardan keyin keng iste’molçilarga taqdim etiladi. Bugun biz bunday televizorlarni buyurtma asosida işlab çiqaramiz, ular tijorat qiymatiga ega», dedi Predko.
«Gorizont» rahbarining sözlariga köra, şaffof televizorlar premium avtomobillarda ham paydo bölişi mumkin. Taxminlarga köra, şaffof ekran haydovçi va yölovçi örtasini ajratib turuvçi tösiq körinişida böladi.
«Şaffof ekran haydovçi va yölovçini ajratib turuvçi oyna-tösiq böladi. Bir vaqtning özida u orqali yangiliklarni tomoşa qiliş mumkin», deb tuşuntirdi Predko.












