1960-1990 yillar davomida Janubiy Koreyada yuz bergan rivojlaniş jarayoni iqtisodiyot darsliklarida “möjiza” deb ta’riflanadi... Sababi ma’lum: ikki Koreyaning özaro uruşidan keyingi 30 yil davr mobaynida Janubiy Koreya eng kambağal davlatlar safidan eng rivojlanganlar qatoriga kirib oldi.

Quyidagi jadvalda kök rang bilan aholi jon boşiga içki yalpi mahsulotning Janubiy Koreyadagi ösiş dinamikasi körsatilgan, qizil bilan – dunyo böyiça.

1960 yilda Janubiy Koreyaning örtaça fuqarosi dunyoning örtaça fuqarosidan 8 marta kambağal bölgan bölsa, 2020 yilga kelib undan 3 barobar boy bölib oldi. 2021 yil körsatgiçlariga köra, Janubiy Koreya, aholisi nisbatan kam bölişiga qaramay, dunyoning eng yirik ön iqtisodiyoti qatoriga kiradi.

Bunday olamşumul natijalarga harbiy diktator Pak Çon Xining agressiv industrial siyosati sabab bölgan deyiş odatga aylangan: Pak Çon Xi nufuzli oilalar tomonidan boşqariladigan Samsung, LG, Hyundai, Daewoo kabi katta konglomeratlar tizimini rivojlantirgan. Bu monopol kompaniyalar hukumatning yaqqol favoritlari (erkatoylari) bölgan va barça mavjud preferensiyalardan foydalangan. Mamalakatdagi barça tijoriy banklar davlat tasarrufiga ötkazilgani bois, mazkur konglomeratlar inflatsiya körsatkiçlaridan-da past stavkada kreditlar olişardi, boşqa kompaniyalardan köra ikki barobar kam daromad soliği tölaşardi... Şu bilan birga, bankrot bölişdan deyarli kafolatlangan “xavfsizlik yostiğiga” ega edilar.

60-yillar boşida mazkur siyosat mamlakat eskportini rivojlantirişga xizmat qilişidan umid qilindi. Va Pak Çon Xi hukumati bunga erişdi ham. Ammo 80-yillarga kelib, hukumat öz qöllari bilan yaratgan çuqurga tuşayotgani ayon bölib qoldi.

1979 yilda öldirilgan Pak Çon Xining vorislariga monopolistlarni qöllab-quvvatlaşdan boşqa yöl qolmagan edi, çunki u paytga kelib, butun iqtisodiyotning 70 foizi monopolistlarning qölida edi va ulardan birining inqirozga uçraşi ulkan kölamdagi zanjir reaksiyasini keltirib çiqarişi ayon edi.