Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barça oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-öquvçilari uçun dars maşğulotlari an’anaviy tarzda boşlanişi haqida xabar berdi.
«Joriy yilning 23 yanvaridan e’tiboran barça oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-öquvçilari uçun dars maşğulotlari an’anaviy tarzda boşlanişini ma’lum qilamiz.
Nazorat işlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan şakllarda moslaştirilgan öquv grafiklariga muvofiq amalga oşiriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik şu tariqa OTMda darslar 1 fevralga qadar onlayn bölişi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.
- Ma’lumot uçun, talaba-öquvçilarning öz ta’lim muassasalariga qaytişlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida avia hamda temiryöl çiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida çegirma berilişi muddati ham 23 yanvarga qadar uzaytirilgan.
- Eslatib ötamiz, qişki ta’tildan keyin oliygohlarda darslar 9 yanvardan boşlanişi kerak edi. Avvaliga qattiq sovuq tufayli 18 yanvarga köçirilgan birinçi öqiş kuni keyinçalik aksariyat hududlarda 23 yanvar kuniga surilgandi.












