23 yanvardan barcha ta’lim muassasalarida darslar boshlanadi

Foto: Kun.uz
23 yanvar, dushanba kunidan O‘zbekistondagi barcha hududlardagi barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida (bog‘cha, maktab, akademik litsey, professional va oliy ta’lim muassasalari) o‘quv mashg‘ulotlari tiklanadi.
Shu tariqa, sovuq kunlar munosabati bilan uzaytirilgan qishki ta’til muddati tugamoqda.
Maktablarda ikkinchi chorak ta’tili odatdagi kabi 10 yanvarga qadar davom etib, 11 yanvardan uchinchi chorak boshlanishi rejalashtirilgandi. Ammo 5 yanvar kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi havo harorati keskin tushib ketishi munosabati bilan qishki ta’til kunlari uzaytirilib, darslar 18 yanvardan boshlanishini e’lon qildi. Bu maktabgacha ta’lim muassasalariga ham taalluqli edi.
10 yanvar kuni esa viloyatlar hokimliklari darslar 11 yanvardan boshlanishini e’lon qila boshladi, faqat Farg‘ona viloyati hokimligida darslar boshlanish sanasi o‘zgartirilmadi. Vazirlik esa qishki ta’til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berilganini ma’lum qildi.
11 yanvar kuni hududlarda maktablarga deyarli hech kim kelmadi (bu vaqtda havo harorati -15 daraja sovuq atrofida edi), natijada hokimliklar qishki ta’tilni avvaliga yana bir necha kunga, keyin esa 23 yanvarga qadar uzaytirishga majbur bo‘ldi.
Bu orada maktablarda ham, oliy ta’lim muassasalarida ham darslar fevralga qadar onlayn tarzda davom ettirilishi haqida xabarlar tarqaldi, ammo vazirliklar bu ma’lumotni rad etishdi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi
Jahon | 19:23
-
IWTC 2025: UZTELECOM raqamli transformatsiya yutuqlarini namoyish etmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Xitoylik ayol 6 marta ishxonadan bir daqiqa erta ketgani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 18:42
-
Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 18:09
Mavzuga oid

22:43 / 01.01.2025
Yoqutistonda havo harorati 51 darajagacha sovishi kutilmoqda

10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi

13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi

22:22 / 18.04.2023