Boş vazir Abdulla Aripov kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlikda yöl qöyilgan xatolar yuzasidan selektor ötkazdi.
Yiğilişda hokimliklar bilan birga jamoat transporti, kommunal soha va çiqindi taşiş maxsus texnikalari, qolipli non işlab çiqaruvçi korxonalarning maxsus transport vositalari uçun hozirdan alohida gaz quyiş şoxobçalarini biriktirib beriş kerakligi aytildi.
“Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 2023 yilda tabiiy gaz qazib oliş hajmini 56,3 mlrd kub metrga yetkazib (2022 yilda 51,7 mlrd kub metr), ötgan yilga nisbatan 4,6 mlrd kub metrga oşiriş imkoniyati bor.
Şuningdek, qayta tiklanuvçi energiya joriy etiş va energiya samaradorligini oşiriş hisobiga 1,6 mlrd kub metr gaz iqtisod qilişimiz mumkin”, – deya yiğilişdan iqtibos keltirmoqda ÖzA.
Qayd etilişiça, “Özbekneftgaz” AJ joriy yilda tabiiy gaz qazib çiqariş hajmini 32,8 mlrd kub metrga yetkaziş uçun qiymati 5,7 trln sömga teng 744 ta geologik-texnik tadbirlarni amalga oşirişi kerak.
Energetika vazirligi joriy yilda tabiiy gaz va elektr energiyasi, kömir va mazut importi bilan boğliq masalalarni qayta körib çiqişi, boşqa muqobil hamkorlar bilan muzokaralar ötkazişi, kelişuvlarga erişiş böyiça oldindan barça zarur tadbirlarni amalga oşirişi şartligi körsatib ötildi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan, 23-27 yanvar kunlari respublikaning aksariyat hududlariga nisbatan sovuq havo massasi kirib kelişi va buning natijasida havo harorati joylarda keçasi -5...-18 daraja sovişi başorat qilinmoqda.
Şuning uçun, ötgan 15 kun davomida amalga oşirilgan tadbirlarni yanada kuçaytirgan holda ştablar faoliyatini davom ettiriş topşirildi.
Vazirlar Mahkamasi qişga tayyorgarlikdagi kamçiliklardan “töğri xulosa çiqaradi”
1991 yildan oldin qurilgan köp qavatli uylarning fasadiga bazalt qoplab çiqiladi

















