Mobiuz markaziy ofisida kompaniyaning yetti millioninçi abonentini sertifikat va qimmatbaho sovğa bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Mobil aloqa abonentlarini hisobga oliş qoidalariga köra, Mobiuzning yetti millioninçi abonenti sifatida Qoraqalpoğiston Respublikasidan Gulşat Agayeva röyxatga olindi. U kompaniyaga ulangan kuni mobil aloqa operatori rivojlanişi tarixida yangi sahifa oçganini xayoliga ham keltirmagandi.

“Dugonalarimning tavsiyasi bilan Mobiuzʼga ulanişga qaror qildim. Taxiatoş tumanidagi savdo şoxobçalarining biriga murojaat qilib, raqam va tarifni tanladim. Oradan ma’lum vaqt ötgaç, menga Toşkentdan qönğiroq qilib, Mobiuzʼning esda qolarli abonenti bölganimni aytişganda, işonmadim. Faqat kompaniyaning hududiy bölimi vakillari bilan suhbatlaşganimdan söng, bu haqiqat ekaniga amin böldim”, — deb örtoqlaşdi G.Agayeva.

Foto: Mobiuz 

Gulşat Qoraqalpoğistondagi bolalar ta’lim taşkilotining birida işlaydi. Taqdirlaş marosimiga u xolasi bilan keldi.

Mobiuz boş direktorining marketing va savdolar böyiça örinbosari Lola Filatova yetti millioninçi abonent va uning xolasini uşbu voqea bilan tabrikladi. Gulşat Agayevaga tegişli sertifikat va kompaniyaning maxsus sovğasi – eng sönggi rusumdagi Apple smartfoni topşirildi.

Foto: Mobiuz 

Yetti millioninçi abonentga erişiş Mobiuz uçun muhim voqeadir. Mobiuz tezkor rivojlanayotgan uyali aloqa operatori sifatida innovatsion texnologiyalar, moslaşuvçan tariflar, hamyonbop xizmatlarni taklif etmoqda. 2022 yilda kompaniya öz faoliyatida rekord miqdordagi 2600 dan ortiq tayanç stansiyalarini işga tuşirdi, şu jumladan 5G tarmoğini tijoriy foydalanişga topşirdi.

Mobiuz 2014 yil 1 dekabrdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Operator 2015 yilning noyabrida ilk millioninçi abonentiga erişgan. 2020 yil oxirida kompaniyaning abonent bazasi 3,9 million, 2021 yil oxirida esa 5 million abonentni taşkil etgandi.

Reklama huquqi asosida