O‘zbekiston | 10:24 / 24.01.2023
5823
1 daqiqa o‘qiladi

Veolia Energy issiqlik ta’minotida uzilishlar sababli qayta hisoblashni amalga oshiradi

Veolia Energy Tashkent issiqlik ta’minotida uzilishlar sababli qayta hisoblashni amalga oshiradi. Bu haqda korxona xabarida aytilgan.

Foto: Kun.uz

Issiqlik ishlab chiqaruvchi va issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan harorat rejimiga rioya qilmaslik oqibatida issiqlik ta’minotida uzilishlar yuz bergan bo‘lsa, qayta hisob-kitob Veolia Energy Tashkent mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Bunda:

issiqlik energiyasining yo‘qligi yoki sifatsiz issiqlik energiyasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan inspektorni chaqirish va dalolatnoma tuzish shart emas;

dalolatnoma Veolia Energy Tashkent'ning tuman issiqlik tarqatish boshqarmasi tomonidan dispetcher ma’lumotlari asosida tuziladi. 

Veolia Energy Tashkent tasarrufida issiqlik energiyasi ko‘rsatkichlari qay vaqtdan boshlab me’yorlarga javob bermay qolgani haqidagi ma’lumotlar bor.

Qayta hisoblash zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik tashuvchisini yetkazib berishning butun davri uchun amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid