Şu bilan birga, u havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina uçun ustuvor ahamiyatga ega ekanligini aytdi. 

«Biz osmonimizni yopişimiz, osmonimizni himoya qilişimiz kerak. Bu birinçi raqamli ustuvor vazifa. Şundan söng biz köproq jangovar maşinalar, tanklar, artilleriya tizimlari, uçuvçisiz uçiş apparatlari va hokazolarni olişimiz kerak. Bizda odamlar bor, lekin bizga qurol kerak», - deya ta’kidladi Reznikov.

Avvalroq Kanada Ukrainaga topşiriş uçun AQŞdan NASAMS (National Advanced Surface-to-Air Missile System) havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olişi, bu haqda Kanada mudofaa vaziri Anita Anand Twitter'da ma’lum qilgani xabar berilgandi. 

Uning sözlariga köra, u Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan telefon orqali muloqot qilgan va u hozirda havo hujumidan mudofaa tizimlari öz mamlakati uçun ustuvor vazifa ekanini tasdiqlagan.