26 yanvar kuni Markaziy bankda bölib ötgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 2023 yilda narxlar oşişiga ta’sir qiluvçi asosiy inflyatsion xatarlarni sanab ötdi.

“Markaziy bankning asosiy qiladigan işi – inflyatsion xatarlarni örganiş. Joriy yilda inflatsiyaga ta’sir qiluvçi qanday xatarlar kutilmoqda?

Birinçidan, asosiy xatarlardan biri aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari oşib borayotgani bilan boğliq.

Ikkinçidan, bazaviy inflatsiya darajasining yuqori körsatkiçlarda şakllanayotgani. Uçinçidan, budjet taqçilligining 4 foiz darajasida şakllanişi ham ma’lum jihatdan inflyatsion xatarlarni keltirib çiqaradi”.

Mamarizo Nurmurodovning qöşimça qilişiça, taklif bilan boğliq bölgan inflyatsion xatarlar ham bor.

“Bugungi kunda metan gazining uzib qöyilganligi benzinga nisbatan taqçillikni vujudga keltirdi. Markaziy bank metan zapravkalari oçiladigan bölsa, mahsulot narxining oşişi mumkinligini xatar sifatida körmoqda.

Şuningdek, anomal sovuq meva-sabzavot hosildorligiga salbiy ta’sir qilişi mumkin . Bu narsa narxlarga oşiruvçi bosim körsatadi. Asosiy savdo hamkorlarimiz tomonidan eksportga proteksionizm çeklovlarining kiritilişi ham narxlar qimmatlaşişiga olib kelişi mumkin.

Bundan taşqari, quriliş materiallari narxining oşişi. Hozirgi tabiiy gaz uzilişlari quriliş materiallari taklifida tanqislik keltirib çiqarib, kelgusida bu mahsulotlar narxlari oşişiga olib kelişi mumkin. Pul ötkazmalari hajmining ösişi ham inflatsiyaga bosim ötkazuvçi xatar hisoblanadi”, dedi Markaziy bank raisi.

Avvalroq, 2023 yil yakunida iqtisodiyotning 4,5–5 foizga ösişi va yillik inflatsiya 8,5–9,5 foiz doirasida şakllanişi prognoz qilinayotgani xabar qilingandi.