Markaziy bank boşqaruvi 26 yanvar kuni yillik asosiy stavkani özgarişsiz qoldiriş yuzasidan qaror qabul qildi. 

Makroiqtisodiy rivojlaniş prognozlariga köra, I çorakda YaIM ösişining ma’lum darajada sekinlaşişi böyiça ehtimol yuqori va 2023 yil yakunida iqtisodiyotning 4,5–5 foizga ösişi va yillik inflatsiya 8,5–9,5 foiz doirasida şakllanişi prognoz qilinmoqda.

Markaziy bank reliziga köra, bazaviy inflatsiyaning ösuvçi dinamikasi va iqtisodiyotdagi tarkibiy özgarişlar darajasi, ikkinçi tomondan, taşqi iqtisodiy şaroitlar va taklif omillaridagi xatarlar pul-kredit siyosati ta’sir doirasini qisqartirişi mumkin.

«Markaziy bank pul-kredit şaroitlarining talab, narxlar va inflyatsion kutilmalarga ta’sirini sinçkovlik bilan baholaşda davom etadi. Körilayotgan çora-tadbirlar talab va taklif mutanosibligini ta’minlaş hamda inflatsiyaning prognoz koridori doirasida şakllanişiga va 5 foizlik örta muddatli targetiga erişişiga qaratiladi», – deyiladi rasmiy xabarda. 

Iqtisodiyotda dollarlaşuv pasayişda davom etadi 

Ötgan yilning ikkinçi yarmidan iqtisodiyotni moliyalaştiriş jarayonlarida tarkibiy özgarişlar kuzatilib, banklar köproq içki resurslardan foydalangan holda faoliyat yuritişga ötişi tezlaşdi. Bu, öz navbatida, mavjud moliyaviy imkoniyatlar samarali mobilizatsiya qilinişi bilan birgalikda iqtisodiyotdagi dollarlaşuv darajasi pasayişiga xizmat qildi. Bu jarayon joriy yilda ham davom etişi kutilmoqda.

Ma’lumot uçun, 2022 yil yakuni böyiça YaIM ösişi Markaziy bankning oktabr oyidagi prognozlariga mos bölib, 5,7 foizni taşkil etdi.