Jahongir Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolati muddatidan oldin to‘xtatildi
Toshkent shahar kengashi poytaxt sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahar sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning shahar kengashi deputatligi vakolati muddatidan oldin to‘xtatildi. Tegishli qaror 27 yanvar kuni shahar kengashi tomonidan qabul qilingan. Bu haqda ikki mustaqil manba, jumladan, yig‘ilishda qatnashgan deputatlardan biri «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.
Qonunchilikka ko‘ra, senator va kengash deputati vakolat muddati davomida daxlsizlik huquqiga ega.
Jahongir Ortiqxo‘jayev 2020 yil yanvar oyida O‘zLiDeP partiyasidan 48-saylov okrugidan kengash deputati, so‘ngra besh yillik muddatga senator etib saylangan edi. Uning vakolat muddati 2025 yilning yanvarigacha hisoblangan.
Qonunga muvofiq, deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan avval tugatiladi:
- vakolatlarini tugatish to‘g‘risidagi yozma ariza;
- qonun hujjatlariga muvofiq deputatlik vakolatlarini amalga oshirishga to‘g‘ri kelmaydigan lavozimga saylash yoki tayinlash:
- sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganligi;
- vakolati qaytarib olinishi;
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilishi;
- sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e’lon qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi;
- o‘limi.
Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori bilan muddatidan oldin tugatilishi mumkin. Bunday masalani ko‘rib chiqish uchun deputatning yuqori martabasini obro‘sizlantiradigan xatti-harakatlar asos bo‘lishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, sobiq hokimning o‘zi deputatlik vakolatlarini topshirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 yanvar kuni 2018 yil aprelidan buyon poytaxt hokimligini boshqarib kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi. «Men uni o‘z lavozimidan olib tashladim. Bo‘sh gap, yolg‘on hisobot, pastga tushmagani uchun, bu noinsofning oyog‘i yerdan uzilgani uchun uni ishdan bo‘shatdim», — dedi davlat rahbari.
O‘sha kuni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda sobiq hokim va uning oilasi Uzbekistan Airways'ning HY 271-reysi bilan Turkiyaning Istanbul shahriga uchib ketish uchun ro‘yxatdan o‘tgani haqida xabar berdi. Istanbulga uchib ketgan yo‘lovchilar orasida Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘lmagan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mers: Yevropa Trampni Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi haqida xabardor qildi
Jahon | 09:02
-
Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi 1,6 mlrd so‘mlik elektrni talon-taroj qildi
Jamiyat | 08:35
-
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
Jahon | 08:24
-
O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi
O‘zbekiston | 08:03
Mavzuga oid

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi

17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi

17:42 / 04.12.2024