Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda tuman soliq idorasi oshxonasida sodir bo‘lgan portlashda bir kishi halok bo‘ldi
Yana ikki kishi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Foto: KUN.UZ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida sodir bo‘lgan portlashda bir kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Qoraqalpog‘iston IIV axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 25 yanvar kuni Xo‘jayli tuman davlat soliq inspeksiyasi qoshidagi oshxonada sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida bir kishi og‘ir tan jarohatlari olib hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan. Yana ikki kishi tan jarohati olib, Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
14:52 / 19.02.2026
Parijdagi so‘l partiya ofisi portlash tahdididan so‘ng evakuatsiya qilindi
09:58 / 12.02.2026
Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portladi
11:16 / 31.01.2026
Buxoroda ko‘p kvartirali uy portladi
12:07 / 06.01.2026