Buyuk Britaniyaning Met Office ob-havo xizmati ma’lumotlariga köra, 2023 yil yozi 2022 yilga qaraganda issiqroq bölişi prognoz qilinmoqda.
Sayyoramizda issiqxona gazlari çiqindilari kötarilişda davom etar ekan, global örtaça harorat ham oşib boraveradi. Bu haqda Met Office başorat qilmoqda.
Kelgusi yil ketma-ket 10 yil davomida global örtaça harorat sanoatdan oldingi davrdagi örtaça haroratdan kamida 1 daraja yuqori bölişi kutilmoqda. 2023 yilda Yerning örtaça harorati 1900 yillargaça, ya’ni odamlar qazib olinadigan yoqilğilarni köproq yoqişni boşlagan vaqtga nisbatan 1,08 dan 1,32 darajagaça yuqori bölişi prognoz qilinmoqda.
Bir daraja vahimali körinmasligi mumkin, ayniqsa hozirgi qattiq qiş şaroitida. Ammo global miqyosdagi bunday özgarişlar allaqaçon halokatli iqlim ta’sirini keltirib çiqardi.
Bundan taşqari, bu butun sayyora uçun örtaça körsatkiç – ba’zi hududlar iqlim özgarişidan boşqalarga qaraganda köproq zarar kördi.
“Bu yil biz juda köp odamlar hayoti, soğliqni saqlaş, oziq-ovqat, energiya va suv xavfsizligi hamda infratuzilmasiga putur yetkazgan bir neçta kuçli ob-havo ofatlariga duç keldik”, deydi Jahon Meteorologiya taşkiloti boş kotibi Petteri Taalas. “Pokistonning uçdan bir qismi suv ostida qoldi, katta iqtisodiy yöqotişlar va insonlar qurbon böldi. Xitoy, Yevropa, Şimoliy va Janubiy Amerikada rekord darajadagi issiqlik tölqinlari kuzatildi. Afrikada uzoq davom etayotgan qurğoqçilik insonlar hayotiga tahdid solmoqda”.
Ayniqsa, Afrika iqlim özgarişi va qurğoqçilikni kuçaytiruvçi La-Nina ob-havosi bilan boğliq ikki karra zarba bilan kuraşişga majbur böldi. La-Ninaning ta’siri mintaqadan mintaqaga farq qiladi – Avstraliyaga kuçliroq jala olib kelsa, Şarqiy Afrikani yomğirdan mahrum qiladi. Ammo bu umuman butun dunyoga vaqtinçalik sovitiş ta’siriga ega. La-Nina şu yilning aprelida tugaydi.
La Nina – El-Nino-Janubiy tebraniş (ENSO) takrorlanadigan iqlim özgarişining ekstremal fazalaridan biri. Taxminan uç yildan yetti yilgaça bölgan davrlarda tropik Tinç okeanining katta qismidagi yerusti suvlari odatdagidan 1 °S dan 3 °S gaça issiq yoki sovuq böladi.
ENSO sikli deb ataladigan bu tebranuvçi isiş va sovitiş sxemasi tropiklarda yoğingarçilik taqsimotiga bevosita ta’sir qiladi va dunyoning boşqa qismlaridagi ob-havoga kuçli ta’sir körsatişi mumkin.











