Sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva «Kompromat işi» doirasida hibsga olingan. Bu haqda iş tafsilotlaridan xabardor manbalar Kun.uz’ga xabar berdi.

Unga köra, Mavjuda Mirzayeva ayni paytda DXX tergov hibsxonasida tergov qilinmoqda. Unga nisbatan 10 kunlik hibs böyiça sud sanksiyasi ham bor.

Mirzayeva DXX hibsxonasida qolayotgani haqidagi ma’lumotni uning qizi Zarina Mirzayeva ham tasdiqlagan. U ikki kundan buyon onasi bilan körişa olmagan.

«Uyda yolğizman, ikki kişi turardik. Onamning hozirgi ahvolidan qattiq xavotirdaman. Nega bizga – yaqinlariga iş böyiça biror ma’lumot berişmayapti. Eşitişimça, ön kun tergov bölar ekan», – degan u.

Kun.uz manbalariga köra, uşbu iş doirasida yana bir davlat taşkilotining matbuot xizmati rahbari ham tergovga tortilgani aytilmoqda.

  • Eslatib ötamiz, 27 yanvar kuni Human.uz sayti direktori Xurşid Daliyev, sayt boş muharriri Muslim Mirzajonov va saytning boşqa xodimlari naşr ofisidan olib ketilgandi.
  • DXX Xurşid Daliyev va «davlat taşkilotlarida işlovçi boşqa şaxslar» Telegram'dagi Kompromatuzb va boşqa kanallar orqali sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanayotganini ma’lum qilgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
  • Sönggi ma’lumotlarga köra, Muslim Mirzajonov va Human.uz saytining yana 4 nafar xodimi qöyib yuborilgan.