29 yanvar kuni Qoraqalpoğistonning Nukus şahridagi köp qavatli uyda gaz çaqnaş hodisasi röy berdi. FVV matbuot xizmati xabariga köra 2023 yilning 29 yanvar kuni soat taxminan 16:15 larda Nukus şahri Temir yöl mahallasi 22 kiçik tuman 8/1-uyning 4-qavatida joylaşgan xonadonlarning birida gaz va havo aralaşmasining çaqnaşi tufayli portlaş sodir bölgan. 

Qoraqalpoğiston Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, çaqnaş oqibatida 2003 yilda tuğilgan S.Ş. hamda 2004 yilda tuğilgan Z.A. kuyiş jarohati olgan.

Respublika tezkor ştabi hodisa yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Unga köra, uydagi bir neçta xonadonning tom va pol qismlari öpirilib, 4-qavatdan 1-qavatgaça tuşib ketgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar zudlik bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi filialiga yotqizilgan. 

«Uşbu voqea yuzasidan Tezkor ştab tuzilgan va uning boşçiligida baxtsiz hodisa sodir bölgan uyda qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda, şu jumladan uşbu uyda yaşovçi fuqarolar xatlovdan ötkazilib, öpirilgan tom va pol qismlari ostida fuqarolar bor-yöqligiga aniqlik kiritiş böyiça çoralar körilmoqda. 

Şuningdek, uşbu uyda yaşab kelayotgan qolgan fuqarolar evakuatsiya qilinib, vaqtinçalik uy-joy va uç mahal issiq ovqat bilan ta’minlandi», deyiladi xabarda.

Hozirda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqea yuzasidan qöşimça ma’lumot taqdim etiladi.