Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yiğilişida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri Behzod Musayev 2023-2024 yilgi oliy ta’lim bitiruvçilariga oid hisobotni taqdim qildi.

Unga köra, ötgan öquv yilini tugatgan 214 ming nafar bitiruvçining töliq röyxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan olingan va bandlikka oid ma’lumotlar bazasi bilan soliştirilgan.

Şuning 41 foizi, ya’ni 88 ming nafari hozirgi kunda korxona va taşkilotlar tomonidan yagona milliy mehnat tizimi orqali mehnat şartnomasi asosida qabul qilingani aniqlangan. Qolgan 59 foizi, 126 ming nafar bitiruvçi hali iş topmagani ma’lum bölgan.

Vazirga köra, işga joylaşmagan yoşlarning muammosini hal qiliş uçun avgust-sentabr oylarida tizim taşkilotlari bilan iş olib boriladi.

“Bugungi kunda milliy vakansiyalar bazasida 358 ming böş iş örinlaridan oliy ma’lumot talab qilinadigan böş iş örinlari 112 mingtani taşkil etmoqda. Işsiz bitiruvçilarning tamomlagan soha-yönalişlari böyiça böş iş örinlariga mos kelişini soliştirib çiqdik, tahlil qildik.

[Şunga köra] 95 ming nafar bitiruvçilarni 102 mingta böş iş örinlariga işga joylaştiriş imkoniyati borligi aniqlangan. Hozirgi kunda biz har bir bitiruvçini tuman, şahar kesimida özi turadigan joyiga qarab, avgust oyida ularni işga joylaştiriş böyiça nomma-nom iş olib boramiz”, – dedi u

Musayevning aytişiça, bugungi kunda yagona milliy mehnat tizimi orqali vakansiyalar bazasida 139 ming korxona va taşkilotlarning 358 mingta böş iş joyi haqidagi ma’lumot joylaştirilgan. Şundan 81 mingtasi davlat taşkilotlari, 277 mingtasi esa xususiy sektor hissasiga töğri keladi.

Böş iş örinlarining 96 mingtasi xizmat körsatiş, 56 mingtasi ta’lim, 57 mingtasi sanoat va işlab çiqariş, 48 mingtasi qişloq xöjaligi, 26 mingtasi soğliqni saqlaş, 32 mingtasi quriliş, 5 mingtasi moliya va suğurta, 7 mingtasi aloqa va axborot texnologiyalari, 4 mingtasi madaniyat va boşqa sohalarga töğri keladi.