Şundan söng oila topgan-tutganlarini sotib, saxiylar va yaqinlar kömagida töplangan pul bilan Hindistonga ketişadi. U yerda jigar köçiriş operatsiyasi muvaffaqiyatli ötkaziladi. Ammo operatsiyadan keyin jigarga tuşgan infeksiya sababli bolaning ahvoli oğirlaşib, yana 20 kun jonlantiriş bölimida qoladi. Bu bilan esa ularning musofirçilikdagi hayotlari çözilişiga töğri keladi.
Ayni paytda xorijdagi klinikada jajji Mardonbek va onasi Yulduz Barotovalarning davolaniş jarayoni davom etyapti. Yulduzning aytişiça, ularda faqat operatsiya xarajatlari uçun mablağ bölgan:
“Uyga ketişga tayyorgarlik körayotgan mahalimizda bolamning ahvoli oğirlaşib qoldi. Infeksiya tufayli rangida sarğayiş kuzatildi. Klinikadan qarz böldik. Hali yana 10-15 kun davolanişimiz kerak ekan. Lekin bunga mablağimiz yöq. Kelayotganda faqat operatsiya uçun yetarli pulimiz bor edi.
Bolam ham qiynalib ketdi, azoblanyapti. Biz-ku oz bölsayam yaşadik, lekin bolam tuğilganidan beri azob köryapti”, - deya zor yiğlaydi xasta gödakning onasi.
Hozir bemor bola va uning yarimjon onasiga moddiy yordam nihoyatda zarur. Ular öz vatanlariga, yaqinlari yoniga qaytişlari kerak.
Mardonbek Temurovga oid ma’lumotlar:
Uzcard: 8600 0609 3339 1774 xolasi Hayitova Dilobar nomida
Sberbank: 2202 2023 7828 5971 buvisi Barno Siddiqova nomida
Manzil: Samarqand viloyati, Qattaqörğon tumani, Oyijon mahallasi.

















