Davlat statistika qömitasi Özbekistonning 2022 yildagi asosiy demografik körsatkiçlarini taqdim qildi.
2022 yilda Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 mingtani taşkil etib, sönggi 5 yilda sezilarli kamaygani kuzatilgan. Misol uçun, 2018 yilda 311,4 mingta, 2019 yilda 310,9 mingta, 2020 yilda 296,8 mingta, 2021 yilda 305,2 mingta nikoh qayd etilgan edi.
2022 yilda nikoh qurganlar şaharlarda 149,3 mingtani, qişloq joylarida 147,4 mingtani taşkil etdi.
Nikohlangan ayollarning örtaça yoşi 22,3 yilni, erkaklarning örtaça yoşi esa 26,5 yilni taşkil etgan. Nikohlarning eng köpi - 55,5 foizi 25 yoşgaça bölganlar orasida tuzilgan.
Sönggi 5 yil davomida nisbatan kam nikoh tuzganlar soni aprel va may oylariga, eng köp nikoh tuzganlar soni esa sentabr-oktyabr oylariga töğri keladi.
2022 yilda nikohdan ajralişlar soni 48,7 mingtani taşkil etib, sönggi 5 yilda sezilarli köpaygan. Misol uçun, 2018 yilda 32,3 mingta, 2019 yilda 31,4 mingta, 2020 yilda 28,2 mingta, 2021 yilda 39,3 mingta nikohdan ajraliş qayd etilgan edi.
2022 yilda nikohdan ajralişlarning 30,2 mingtasi şaharda, 18,5 mingtasi qişloq joylarida yuz bergan.
Nikohdan ajraşganlarning örtaça yoşi erkaklar uçun 39,2 yilni, ayollar uçun 33,1 yilni taşkil etgan. Nikohdan ajraşganlarning eng köpi - 50,5 foizi 35 yoşgaça bölganlarga töğri keladi.

















