Hindistonlik milliarder Gautam Adani endi Osiyoning eng boy odami emas. «Korporativ firibgarlikda» ayblanganidan söng, bir hafta içida uning boyligi 50 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Adani Group kompaniyasi aksiyalari narxi pasayib ketişi ortidan Gautam Adani boyligi 76,8 milliard dollarga tuşib qoldi. Hozir u Osiyoning eng boy odamlari röyxatida ikkinçi, dunyoning eng boy odamlari içida 14-örinni egallab turibdi.

Endi Osiyodagi eng boy odam neftni qayta işlaş, çakana savdo va telekommunikatsiya sohasida davlat orttirgan yana bir hindistonlik milliarder Mukeş Ambani hisoblanadi. Uning kapitali 83,6 milliard dollarga baholangan. Uçinçi örinni 69,3 milliard dollar boyligi bilan xitoylik tadbirkor Çjun Şanşan egallab turibdi. U şişali suv işlab çiqariş kompaniyasiga egalik qiladi.
Dunyoning eng boy odamlari röyxatini fransiyalik tadbirkor Bernar Arno (Luis Vuitton MH kompaniyasi rahbari) boşqarmoqda. Uning boyligi 212 milliard dollardan oşgan. Amerikalik Ilon Mask (Tesla, SpaceX kompaniyalari rahbari) 179 milliard dollar bilan ikkinçi, Jyeff Bezos (Amazon kompaniyasi rahbari) 125 milliard dollar bilan uçinçi örinni egallab turibdi.












