Rasmiy ravişda bu tanklarni Kiyevga topşiriş hali tasdiqlanmagan, deya ta’kidlaydi dpa agentligi hukumat doiralaridagi manbaga tayanib. 

Rheinmetall va Flensburger Fahrzeugbau Gesellschaft nemis kompaniyalari yaqinda Ukrainaga jönatiş uçun önlab Leopard 1 tanklarini tayyorlaşi mumkin, ammo SZ ta’kidlaşiça, öq-dorilarni sotib oliş bilan boğliq muammolar haligaça hal etilmagan. 

Ötgan hafta Berlin Ukrainaga Bundesver omborlaridan 14 ta Leopard 2 asosiy jangovar tanklarini yetkazib berişga qaror qildi.

Germaniya kansleri Olaf Şols «Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi Rossiya va NATO örtasidagi uruşga aylanib qolmasligi uçun hamma narsani qiliş»ni özining vazifasi deb hisoblaydi. Bu haqda Germaniya hukumati rahbari Der Tagesspiegel gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi. 

Hozirda Rossiya Federatsiyasi va NATO örtasida uruş yöq, u Germaniya kansleri sifatida bunday keskinlaşuvga yöl qöymaydi, deb qöşimça qildi Şols. «Bu masala böyiça biz federal hukumatda birdammiz va taşqi işlar vaziri Annalena Berbok ham şunday hisoblayapti», dedi u. 

25 yanvar kuni Olaf Şols Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berişni ma’qulladi va bu qaror Germaniya ittifoqçilari bilan «kelişuv hamda yaqin hamkorlikda» qabul qilinganini ta’kidladi. Şundan söng bir qator boşqa Ğarb davlatlari Kiyevga jangovar tanklarni ötkaziş niyatida ekanini ma’lum qildi. Öz navbatida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg bilan gaplaşganini Telegram’da ma’lum qilib: «Biz Ukrainaga samolyotlar yetkazib beriş darajasiga çiqişimiz kerak. Bu orzu. Bu vazifa», deb qöşimça qildi. 

Germaniyada ham Kiyevga jangovar samolyotlar yetkazib berilişi mumkinligi haqidagi munozaralar boşlandi. Biroq, 25 yanvar kuni Bundestagda nutq sözlagan Olaf Şols voqealarning bunday rivojlanişi haqida gap ham bölmasligini ta’kidladi: «Men bu jangovar samolyotlarga taalluqli emasligini ança oldin aytgandim va hozir ham buni aytaman».