Mitti vujudidagi oqqon kasalligi bilan kuraşayotgan bolajonlar uçun davo muolajasini boşdan ötkaziş ham oson emas. Lekin şu muolaja uçun ota-onasi mablağ topolmay qiynalayotganini köriş yanada oğriqli.

“Aya, ölgim kelmayapti”

Jahongirning ahvoli şu darajada oğir ediki, doktorlar Toşkentgaça yetib kelişiga ham gumon qilişdi. Lekin Surxondaryoda olib qolişning ham foydasi bölmadi.

“Ahvoli şu darajada ediki, ta’riflab berolmayman. Xudoga şukr, bir amallab poytaxtga yetib keldik. Davolandi, mana hozir törtinçi kursdamiz. Şu holatga yetib kelişi ham oson bölmadi. Ahvoli oğirlaşib, neça marotaba reanimatsiyaga tuşib qoldi”, deydi Dildora opa köz yoşlarini tiyolmay.      

Beş oylik çaqaloğini taşlab, katta öğli Jahongirni davolatişga olib ketgan onaizor kiçik farzandining yoşiga tölişini ham, eng şirin davrlarini ham körolmaganidan ökinadi. Jahongirning “oyijon, men yaşagim keladi, ölişni xohlamayman”, degan sözlari esa onaizorning yuragini yanada köproq örtaydi.

Jahongir Jörayevga oid ma’lumotlar:

Özkard: 8600 0440 8893 7706 otasi Abulqosim Mahamadiyev nomida

Viza: 4073 4200 1009 2637 otasi Abulqosim Mahamadiyev nomida

Manzil: Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, Zarbdor mahallasi, Yoşlik köçasi 14-uy.

 

“Hamma narsamizni sotib böldik”

Elbek ham beş oydan beri gematologiyada davolaniş muolajalarini oladi. Bir hafta şifoxonada bölsa, bir hafda kvartirada turişadi.

“Heç kimning bolasi kasal bölmasin ekan. Içingizdan zardob ötadi, sirtingizga çiqarolmaysiz. Bolam körmasin deb yiğlolmaysiz ham. Bir yoqda moddiy yetişmovçilik...

Barça narsamizni sotib, kamiga kredit olib kelganmiz. Oyiga 400 dollardan kvartira turamiz. Dadasi kunlik işlarga çiqib kelayotgan edi. Qor yoğib, havo sovib şunga ham çiqolmay qoldi. Birda yetib, birda yetqizolmay, dorixonalardan ham qarz bölib ketdik”, deydi Elbekning onasi köz yoşlarini artib.

Elbek Ergaşevga oid ma’lumotlar: