2022 yil sentabrdan boşlab xususiy sektorda işlaydigan ayollarga nisbatan diskriminatsiya nihoyat kamaydi. Davlat ularga “dekret” puli tölay boşladi. Xususiy kompaniyalarda işlaydigan homilador ayollar farzandli bölguniga qadar davlatdan oyiga 2 mln, aniqroği 1 mln 992 ming sömdan nafaqa olişlari mumkin.
Oliy Majlis huzuridagi qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği Gulnoza Sattorova xususiy biznes egalarini ayollarni işga qabul qilmaslik uçun dekret puli masalasi ham oğrintirganini aytdi.
“Amaliyotda köpinça iş beruvçida ayollarni işga qabul qilganda “ertaga homilador böladi, keyin dekretga ketadi, dekret pulini mening hisobimdan olib, 3 yil işga kelmaydi. Uning örniga kamida 4 oy heç kimni ola olmayman” kabi fikrlar böladi. Şu sababli amaliyotda homilador va reproduktiv yoşdagi ayollarni işga qabul qiliş masalasi qiyin. Iş beruvçiga muammo kerak emas.
Prezident tomonidan ayollarning mehnat şaroitini takomillaştirişga qaratilgan farmon qabul qilindi. Bundan hamma ayollar xursand böldi. Tadbirkorlik sub’yektlarida band ayollarning homiladorlik va “dekret” ta’tillari uçun pul “Ijtimoiy suğurta jamğarmasi” hisobidan tölanadigan böldi”, deydi huquqşunos.
Bu tartib amal qilişi uçun ayrim şartlar bor:
- Nafaqaga talabgor ayol kamida uzluksiz 6 oy davomida öşa korxonada işlagan bölişi kerak.
- Yagona milliy mehnat tizimida rasman band bölgani, korxona tomonidan mehnat daftarçasi oçilgani hamda uning buyruqlari korxona tomonidan kiritilgani hisobga olinadi.
- Şuningdek, 6 oy davomida ayolning Davlat soliq qömitasi ma’lumotlar bazasida daromadlari va soliq tölovlari aks ettirilgan bölişi kerak.
Nafaqa faqatgina 2022 yil 1 sentabridan boşlab “dekret”ga çiqqan ayollarga tölab beriladi.
Agar siz xususiy sektorda işlasangiz, iş stajingiz va oylik maoşingizni inobatga olgan holda, “dekret” puli 6 million söm çiqsa – şu summaning 2 million sömi davlat tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Qolgan qismini tadbirkor özi tölab berişi kerak. Ayollarga dekret pulini tölaş bosqiçma-bosqiç tadbirkor zimmasidan olinadi, kelgusida töliq davlat tomonidan qoplanadi.












