Qayd etilişiça, avtokran temir-beton balkaning oğirligi 30,6 tonna bölgan ikkita kran yordamida montaj qiliş vaqtida qulagan.
Avtokran bilan yuz bergan baxtsiz hodisa yukni bir neçta kranlar bilan kötariş asosida amalga oşirilmagani sababli röy bergani aytiladi.
Avtokranning oğib ketişi oqibatida avtokran maşinisti tan jarohatlari olgani sababli «Köprikquriliş tresti» UK qaraşli «13-Köprikquriliş otryadi» xodimlari tomonidan Parkent tumani şifoxonasiga yotqizilgan. Oğir jarohatlar olgani sababli avtokran maşinisti şifoxonada vafot etgan.
Ta’kidlanişiça, «Köprikquriliş tresti» UKga qaraşli «13-Köprikquriliş otryadi» «QYL-YÖL KÖPRIK QURILISH TAʼMIR» MÇJ bilan şartnoma imzolagan. Uşbu hujjatda buyurtmaçi tomonidan xizmat körsatuvçi xodimlarini kunlik tibbiyot körigidan ötkaziş va mehnat muhofazasi tadbirlarini ötkaziş lozim bölgan band alohida körsatib ötilgan.
«QYL-YÖL KÖPRIK QURILISH TAʼMIR» MÇJ tomonidan şartnoma bandlariga rioya qilmagani, ya’ni muntazam ravişda xavfsizlik çoralarini körmagani sababli uşbu baxtsiz hodisa röy bergan», deyiladi ma’lumotda.
Ma’lum qilinişiça, ikkita kran bilan bir vaqtning özida yukni kötariş va köçirişga faqat quyidagi şartlar bajarilgan taqdirdagina ruxsat beriladi:
- ikkala kranning mutlaq xizmat körsatiş qobiliyati va tormozlarning bir vaqtning özida işlaşi;
- kranlar mexanizmlari va har bir kranga tuşadigan yuklarning tezligi, yuk kötariş qobiliyati mutanosibligi;
- Agar yuk travers yordamida kötarilsa, u holda uning taşiş qobiliyati kötarilayotgan yukning massasiga mos kelişi kerak.
Kranlar teng kötariş qobiliyatiga ega bölganda, travers teng quloçli bölişi kerak, ya’ni yuk ilgagi uning örtasida bölişi kerak.
Rasmiy xabarga köra, Toşkent viloyati mehnat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan sodir bölgan baxtsiz hodisa yuzasidan maxsus tekşiriş ötkaziladi va ular xulosalari huquq-tartibot organlariga taqdim etiladi.

















