“Ota-onamning meni davolatiş uçun heç narsasi qolmadi”
Möminjon özi kiçkina bölsa-da, xastalik uni ulğaytirib qöygandek, göyo. Sözlari dardli, közlari öyçan. Uni faqat kasallik emas, balki ota-onasining moddiy ahvoli ham öyga toldirgan.
“Bu oğriqlarni duşmanimga ham ravo körmayman. Könglimni aynitadi, behalovat qiladi. Mart oyidan beri şifoxonadamiz. Ota-onamning meni davolatişga heç narsasi qolmadi. Hamma narsani sotdik.
Soğayib ketsam, gematologiyaga katta-katta ehsonlar qilaman”, deydi Möminjon.
“Bolam özi öqişga juda qiziqadi. Xastalikka çalinmasdan oldin til kurslariga borişni boşlagandi. Maktabda ham yaxşi öqiydi. Qaniydi, tezroq tuzalib, tengdoşlari qatori öynab-kulib, maktabga borib kelsa”, deydi onaizor ökinç bilan.
“Olti yil deganda yetişgan bolam”
Şukrona ota-onasi uçun özgaça aziz, suyukli. Çunki unga ota-onasi olti yil deganda tilab-tilab yetişgan. Endi bağrim töldi, baxtim but böldi deyişganda, taqdirning ularga yana bir sinovi bor ekan. Qizaloqqa doktorlar oqqon taşxisini qöyişdi.
“Bu kasallikning nomini eşitganmiz-u, özi qanday bölişini heç öylab körmagan ekanmiz. Tasavvurimga ham siğmasdi. Heç bir ota-ona bilmasin, körmasin, bu dard bolasining boşiga tuşmasin.
Juda qörqinçli kasallik ekan. Tasvirlab berişni ham xohlamayman. Qayerda, qanday bunday böldi, öylab öyimga yetolmayman. Allohning sinovi ekan, nasib qilsa buni ham yengib ötamiz”, deydi onaizor.
Şukrona Alijonovaga oid ma’lumotlar:
Humo: 9860 0601 2107 8830 otasi Şuhrat Ermatov nomida
Manzil: Namangan viloyati, Pop tumani, Sang qişloği, Sohibkor köçasi 72-uy.

Möminjon Qosimovga oid ma’lumotlar:
Özkard: 8600 0610 9548 3961 onasi Mötabar Qahhorova nomida
Manzil: Namangan şahri, “Damboğ” MFY, 20A-uy.


















