2022 yilda AQŞning Toşkentdagi elçixonasi öziga murojaat qilgan Özbekiston fuqarolarining 47,04 foiziga B toifali vizalar (sayyohlik va işbilarmonlik vizalari) berişni rad etgan. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti hisobotida aytiladi, deb yozmoqda Gazeta.uz.
Bu ariza bergan özbekistonliklarning 45,98 foiziga viza berilmagan 2021 yildagidan yomonroq, ammo pandemiya kuzatilgan 2020 (74,14 foiz) va undan avvalgi yillardan yaxşiroq. Xususan, 2019 yilda 68,06 foiz, 2018 yilda 61,76 foiz, 2017 yilda yaxşiroq 50,29 foiz özbekistonlik arizaçi rad javobini olgan.
Ötgan yil yakunlari böyiça Markaziy Osiyo mamlakatlarida Özbekiston viza rad etilişi böyiça Tojikistondan keyin ikkinçi örinni egalladi, u yerda 57,03 foiz hollarda ruxsatnoma berilmagan. Qirğizistonda rad etişlar uluşi 37,85 foizni, Qozoğistonda 44,02 foizni, Turkmanistonda 35,69 foizni taşkil etdi.
MDHning boşqa mamlakatlarida vizalar asosan ijobiy javob bilan beriladi: Ozarboyjon - 23,54 foiz, Belarus - 26,05 foiz, Rossiya - 26,18 foiz, Armaniston - 37,87 foiz, Ukraina - 41,27 foiz (ötgan yili 15,15 foiz edi).
AQŞning Toşkentdagi sobiq elçisi Deniyel Rozenblyum 2019 yilda özbekistonliklar köpinça özining viza muddatini keçiktirib yuborişini ta’kidlagan edi.
«Şuning uçun biz har bir insonni batafsil örganişimiz va u viza muddatini keçiktirib yubormasligiga, mamlakatda noqonuniy muhojir bölib qolmasligiga işonç hosil qilişimiz kerak», deb ta’kidlagan diplomat.
Ötgan yil davomida AQŞning Toşkentdagi elçixonasining Konsullik bölimi dunyo böylab Diversity Visa (Grin karta) dasturi doirasida turli millatga mansub immigrantlar uçun tasdiqlangan vizalar soni böyiça (5 511 ta) beşinçi örinni egallagan edi. Birinçi örinda Misr (5 529) va Jazoir (5 526) qayd etilgan.

















