Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov keyingi haftada iste’foga çiqişi mumkin. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» prezident ofisi, vazirlar mahkamasi va Ukrainaning kuçişlatar tuzilmalaridagi manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, hozirda Volodimir Zelenskiy jamoasida vazirni qaysi lavozimga ötkaziş masalasi muhokama qilinmoqda, çunki «Ukraina prezidenti ofisida heç kimda u jamoada qolişi kerakligi borasida şubha yöq». Asli huquqşunos bölgan Reznikov adliya vaziri bölişi ham mumkin. Bu haqda 1 fevral kuni Oliy Rada deputati Aleksey Gonçarenko ham aytib ötgandi.

Reznikovning iste’fosi kutilayotgani haqida xabar bergan «RBK-Ukraina» naşri esa «u adliya vaziri lavozimiga ötkazilişi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi» haqida yozgan. Rada deputati Yaroslav Jyeleznyak avvalroq Reznikov Strategik sanoat vazirligiga işga ötişi mumkinligini aytgandi.

Har ikki naşr ham Ukraina mudofaa vazirligi rahbarligi uçun asosiy nomzod sifatida Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov nomzodi körib çiqilayotganini ma’lum qilgan.

Reznikovning özi işdan ketişi haqidagi xabarlarga munosabat bildirgan.

«Heç kim kursida abadiy emas. Bu bosqiç tugaşiga tayyor turiş kerak. Men mudofaa vaziri bölib qolişim yoki yöqligi böyiça faqat bir kişi qaror qiladi — bu Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. U tayinlov böyiça tavsiya beradi, Oliy Rada esa tayinlaydi. Şu tufayli men faqat Ukraina prezidenti qaroriga köra u yoki bu qarorni qabul qilaman. Undan keyin esa Zelenskiy menga nima taklif qilsa, şuni qilaman. Men ğalabamizga qadar barça işni qilaman. Mening huquqşunos sifatidagi kasbim nafaqat bu uruşda ğalaba qozoniş, balki RF harbiylarini jazolaş uçun özimga qiziqarli loyiha topaman degan optimistik öylarga imkon beradi», deya uning sözlarini keltiradi «Ukraina seyças» telegram-kanali.

  • Yanvar oyi oxirida Ukrainada korrupsiya mojarolari ortidan qator yuqori martabali amaldorlar işdan ketgandi. 1 fevral kuni Ukraina xavfsizlik xizmati qator amaldorlar va biznesmenlarning uylarida tintuvlar ötkazdi. Mojarolardan biri Ukraina mudofaa vazirligi bilan boğliq: vazirlik harbiy xizmatçilar uçun oziq-ovqat mahsulotlarini bozordagidan ikki-uç barobar qimmat narxda sotib olişda ayblangan. Buning natijasida mudofaa vaziri örinbosari Vyaçeslav Şapovalov lavozimdan ozod etildi, şuningdek vazirlikning Davlat xaridlari böyiça departamenti direktori Bogdan Xmelnitskiy işdan ketdi, şartnomalarga aynan u qöl qöygandi.