Qömondonlik maşğulotlar qayerda ötkazilişiga aniqlik kiritmagan.

Ukraina Qurolli kuçlari boş ştabi ma’lum qilişiça, Rossiya harbiylari ma’lum yönalişlarda qayta töplanmoqda. 

Uning ma’lumotlariga köra, Rossiya armiyasining asosiy sa’y-harakatlari Kupyansk, Liman, Baxmut, Avdiyivka va Novopavlovsk yönalişlaridagi hujum operatsiyalariga qaratilgan.

Bundan oldin Portugaliya Ukrainaga Leopard 2 jangovar tanklarini yuboradi, deb xabar bergandi mamlakat boş vaziri Antonio Koşta. U tanklarning soniga aniqlik kiritmadi.

Antonio Koştaning sözlariga köra, uning mamlakati Portugaliya qurolli kuçlari xizmatida bölgan bir qator işlamaydigan tanklarni ta’mirlaş uçun zarur bölgan ehtiyot qismlarni sotib oliş maqsadida Germaniya bilan muzokaralar olib bormoqda. 

«Biz hozirda tanklarimizning bir qismini jönatiş ustida işlayapmiz, - dedi u Lusa Portugaliya axborot agentligiga. - Men Ukrainaga qança tank berilişini bilaman, lekin bu haqda öz vaqtida e’lon qilinadi».

Avvalroq Ispaniya Leopard 2A4’ni Ukrainaga birinçilardan bölib yetkazib berişni rejalaştirayotgani - uning tarkibiga tiklangan törtta-oltita tank kirişi xabar berilgandi.