Nyu-Yorkda 3,8 magnitudali zilzila sodir böldi. Bu haqda 6 fevral kungi zilzilalar interaktiv xaritasi ma’lumotlari dalolat bermoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari ham Nyu-York ğarbida, Lakavanna, Kenmor, Baffalo, Amxerst, Hamburg va Ğarbiy Seneka şaharlarida sezilarli silkinişlar haqida xabar berişgan. Zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki yetkazilgan zararlar haqida ma’lumotlar yöq.
6 fevral kuni tunda seysmologlar Turkiyaning Ğoziantep şahri yaqinida, Suriya çegarasiga yaqin joyda 7,7 magnitudali zilzila qayd etdi. Umuman olganda, hududda 30 dan ortiq yerosti silkinişlari qayd etilgan. Turkiya xatarning eng yuqori darajasini e’lon qildi. Favqulodda xizmatlar yuqori şay holatga keltirildi. Ayni paytda 1000 dan ortiq odam halok bölgan, 5,3 mingdan ortiq kişi jarohatlangani aytilmoqda.
Zilzila oqibatlari Suriya viloyatlariga ham ta’sir körsatdi. Hozirda qutqaruv işlari olib borilmoqda. Sönggi ma’lumotlarga köra, 371 kişi halok bölgan, yana 1089 kişi jarohatlangan.
Şu kuni Gruziyaning Abxaziya hududi aholisi yer silkinişi haqida xabar berdi. Guvohlarning sözlariga köra, köp qavatli uylarda qandillar tebrangan, eşiklar oçilib ketgan. Zilzilani Gruziyaning Batumi şahri aholisi ham his qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ular kvartiralarda qandillar tebranib turgani, mebellar silkinayotgani va devorlar tarsillagani aks etgan videolarni tarqata boşladilar.












