O‘zbekistonda bir yilda avariyalar oqibatida 2356 kishi halok bo‘ldi
2022 yilda O‘zbekistonda 2021 yilga nisbatan 1 foizga kam baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan (10 mingga nisbatan 9,9 ming). Yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lganlar soni 3 foizga kamaygan bo‘lsa, jarohatlanganlar soni 4 foizga oshgan. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2023 yilda YTH va o‘limlar sonini 15 foizga kamaytirishni maqsad qilgan.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2023 yil davomida mamlakatda yo‘l-transport hodisalari va ulardagi o‘lim holatlarini 15 foizga kamaytirish vazifasini qo‘ydi. Departament boshlig‘i, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda shular haqida so‘z bordi, deb yozmoqda Gazeta.uz.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda 9902 ta YTH rasman qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 99 ta yoki 1 foizga kam (10 001 ta). O‘lim bilan yakunlangan YTH soni 2197 tadan 2086 taga - 111 taga yoki 5,1 foizga, avariyalar oqibatida vafot etganlar - 70 kishiga yoki 2,9 foizga kamaydi - 2426 dan 2356 gacha. Shu bilan birga, jarohatlar bilan bog‘liq avariyalar 2021 yildagi 7804 tadan 7816 taga oshdi, 12 ta yoki 0,2 foizga, jarohatlanganlar soni 376 nafarga yoki 3,9 foizga oshib, 9230 nafardan 9606 nafarga yetdi.
O‘tgan yili har 100 ming aholiga 27,5 ta, har 10 ming avtomashinaga 23,7 ta YTH to‘g‘ri kelgan. Har 100 000 aholiga nisbatan halokatli YTH soni 5,8 tani, 10 000 ta transport vositasiga 5 tani tashkil qildi. Jarohatlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar soni 100 000 aholiga 20,7 ta, 10 000 ta transport vositalariga 24,4 taga teng bo‘ldi.
Yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lganlarning katta qismi – 91,7 foizi yoki 2161 nafari xavfsizlik kamarini taqmagan, 8,3 foizi yoki YTH oqibatida halok bo‘lganlarning 195 nafari xavfsizlik kamarida bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisalarida jarohatlanganlarning 66,9 foizi, ya’ni 6426 nafari xavfsizlik kamarini taqmagan, 33,1 foizi yoki 3180 nafari kamarda bo‘lgan.
YTH turlari bo‘yicha eng ko‘p – 44,9 foiz yoki 4449 tasi piyodalar bilan to‘qnashuv, 31,2 foiz yoki 3093 tasi avtomashinalar bilan to‘qnashuv, 11,5 foiz yoki 1136 tasi velosipedchilar bilan to‘qnashuvlardir. YTHning 4,7 foizi yoki 467 tasida mashina ag‘darilgan, 4,3 foizi yoki 428 tasida to‘siq bilan to‘qnashish yuz bergan, 1,1 foizi yoki 105 tasi turgan transport vositalari bilan to‘qnashgan, 2,3 foizi yoki 224 tasi boshqalar bilan to‘qnashuvlardir.
Eng ko‘p YTH yengil avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgan - 76,1 foiz yoki 7370 ta. Velosipedlar - 11,5 foiz yoki 1136 ta, yuk mashinalari - 9 foiz yoki 1047 ta, mototsikllar - 1,4 foiz yoki 142 ta, avtobuslar - 1,4 foiz yoki 141 ta, ot aravalar - 0,4 foiz yoki 43 ta, skuterlar - 0,2 foiz yoki 23 ta.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining qayd etishicha, Farg‘ona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yo‘l-transport hodisalari soni ortgan.
YHXX tomonidan yo‘llardagi baxtsiz hodisalar, o‘lim va tan jarohati olish holatlarini kamaytirish maqsadida joriy etilayotgan yangiliklar qatorida mamlakatning har bir mahallasiga xodim biriktirish ham bor.
Mavzuga oid
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
13:20 / 17.12.2024
Rossiyadagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
07:20 / 12.12.2024