Eron Harbiy-havo kuçlari birinçi marta yer osti aviabazasidan olingan kadrlarni namoyiş etdi, deb xabar berdi Tasnim.
Oghab-44 (Burgut) aviabazasini suratga oliş işlari Eron qurolli kuçlari qömondoni, general-mayor Abdulrahim Musaviy va Eron Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği, general-mayor Muhammad Husayn Baqiriy taşrifi çoğida olib borilgan.

Tasnim ma’lumotlariga köra, obektda turli harbiy samolyotlar, jumladan qiruvçi samolyotlar, bombardimonçi samolyotlar, elektron uruş vositalariga ega samolyotlar va dronlar saqlanadi. Bazada qömondonlik-nazorat minorasi, şaxsiy tarkibni töplaş maydoni, samolyotlarga texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş ustaxonalari, yonilği baklari joylaşgan.
Baza joylaşgan manzil haqida xabar berilmagan. Agentlikning qayd etişiça, Eron toğli hududlarida bir neçta yer osti aviabazalari qurilgan. Ulardan ehtimoliy duşmanlarga qarşi tösatdan zarba beriş çoğida foydalaniş mumkin.












