Suhbat çoğida Özbekiston-Fransiya örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari va 2023 yilda rejalaştirilgan tadbirlar muhokama qilindi. Davlat rahbarining Fransiyaga oliy darajadagi taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar, Samarqandda Fransuz alyansini oçiş böyiça özaro fikr almaşildi.
Elçi Fransiya uçun Özbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlikda ta’lim sohasi ustuvor yönalişlardan biri ekanligiga urğu berdi.
Bölib ötgan uçraşuv yakunida Fransiya bilan turli sohalarda özaro manfaatli aloqalarni mustahkamlaş, Özbekiston-Fransiya örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan tadbirlarni taşkil etişga kelişib olindi.












