Xalqaro guruh 2014 yil iyulida Ukraina osmonida urib tuşirilgan Boeing-777 yölovçi samolyoti halokati böyiça jinoiy tergovni töxtatdi.

Tergovçilar samolyotni urib tuşirişda işlatilgan «Buk» raketa tizimini boşqargan ekipaj a’zolarini aniqlay olmadilar va yangi iş oçiş uçun heç qanday dalil topmadilar. Bu haqda Niderlandiya prokuraturasiga tayanib The Washington Post xabar berdi.

Prokuror Digna van Byotselayer sözlariga köra, tergov öz çegarasiga yetgan, barça talqinlar tugagan.

Prokurorlar hisobotiga köra, «Buk» raketa tizimini ukrainalik «ayirmaçilar»ga yetkazib beriş haqidagi qarorni şaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qilgan bölişi mumkinligi böyiça kuçli dalillar bor. Keyinçalik «Buk» samolyotni urib tuşiriş uçun işlatilgan. Biroq, köplab yangi dalillar aniqlangan bölsa-da, hozirça ayrim şaxslarga nisbatan yangi tergov oçiş uçun yetarli emas.

2022 yil noyabr oyida Haaga sudi 2,5 yil davom etgan tergov natijalariga köra, Boeing-777 halokati paytida Rossiya Federatsiyasi «ayirmaçilar»ga buyruq bergani va «DXR» hududini nazorat qilganini aniqlagan edi.

Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegişli bölgan Boeing-777 samolyoti 2014 yil 17 iyul kuni Amsterdam (Niderlandiya) - Kuala-Lumpur (Malayziya) yönalişi böyiça MH17 reysini amalga oşirayotgan çoğida Donetsk viloyati osmonida urib tuşirildi. Samolyot bortida 298 yölovçi bölgan, ularning barçasi halok böldi.

Bellingcat va The Insider tomonidan olib borilgan suriştiruvda halokatning asosiy gumondorlari Rossiya Markaziy harbiy okrugi boş inspektori, general-polkovnik Nikolay Fyodoroviç Tkaçyov (laqabi «Delfin») va GRU generali Oleg Vladimiroviç Ivannikov (laqabi «Orion») ekani aniqlandi.

Şuningdek, «DXR» sobiq mudofaa vaziri Igor Girkin (Strelkov/Runov), «DXR» kontrrazvedkasining sobiq rahbari Sergey Dubinskiy va uning qöl ostidagilar Oleg Pölatov va ukrainalik Leonid Xarçenko ham asosiy gumondorlar sanaladi.

2022 yil noyabr oyida Niderlandiya sudi Girkinni halokatda aybdor deb topdi va u xalqaro qidiruvga berildi. Girkin öşa vaqtda Rossiya prezidentining sobiq yordamçisi Vladislav Surkov bilan aloqada bölgan. Sud majlislarida ayblanuvçilarning heç biri şaxsan iştirok etmadi, ular sirtdan sudlanmoqda.