Xitoyning Zhejang Loong Airlines Co. Ltd aviakompaniyasi «Sian – Toşkent – Sian» yönalişi böyiça havo qatnovlarini tiklamoqda.

COVID pandemiyasi tufayli vaqtinça töxtatilgan aviakompaniya reyslari 10 fevral kunidan tiklanişi kutilmoqda. Muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftada bir marta - juma kunlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Ma’lumot uçun, Zhejang Loong Airlines Co.Ltd aviakompaniyasining «Sian – Toşkent – Sian» yönalişi böyiça ilk charter reysi 2019 yil 2 sentabrda bajarilgan. 

Şuningdek, 2020 yilning 10 yanvar kuni uşbu aviakompaniya tomonidan «Çendu – Toşkent – Çendu» birinçi charter reysi yölga qöyilgan.